01:09 / 24.06.2023
311

Saudiya ziyoratchilar uchun haj narxini 39 foizga arzonlashtirganini e’lon qildi

Saudiya ziyoratchilar uchun haj narxini 39 foizga arzonlashtirganini e’lon qildi
Foto: AP
Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq ar-Robia xalqaro ziyoratchilar uchun Haj narxi 39 foizga kamaytirilganini aytdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
 
Podshohlikning Haj ziyoratini o‘tkazish uchun tayyor ekanini ta’kidlagan Ar-Robia bu yil 37 davlat muassasasi ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi.
 
Uning qo‘shimcha qilishicha, ziyoratchilar soni pandemiyadan oldingi darajaga qaytgan. COVID-19 cheklovlari joriy qilinishidan oldin har yili taxminan 2,6 million kishi Hajga borgan.
 
Shu bilan birga, Saudiya Qizil Yarim Oy jamiyati bu yilgi Haj mavsumida muqaddas joylarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sakkizta AgustaWestland AW139 vertolyoti joylashtirilishini e’lon qildi.
 
Vertolyotlar eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali tibbiyot xodimlariga ega bo‘lib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganida o‘rtacha 7 daqiqada yordamga yetib boradi.
 
Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga yillik Haj ziyorati 26 iyun kuni boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya ziyoratchilar uchun haj narxini 39 foizga arzonlashtirganini e’lon qildi
ePN