08:26 / 24.06.2023
194

Ukraina Qurolli kuchlari hozircha asosiy kuchlarini ishga solmaganini ma’lum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari hozircha asosiy kuchlarini ishga solmaganini ma’lum qildi
Ukraina qurolli qo‘shinlari hozircha o‘z kuchlarining asosiy qismini davom etayotgan qarshi hujumga jalb qilgani yo‘q, dedi Ukraina Qurolli kuchlari boshlig‘i, general-polkovnik Aleksandr Sirskiy The Guardian nashriga bergan intervyusida.
 
Aytishim kerakki, bizning asosiy kuchlarimiz hali janglarda qatnashgani yo‘q. Biz dushman mudofaasidagi zaif tomonlarni qidirmoqdamiz. Hali hammasi oldinda”, — dedi bosh qo‘mondon.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, “hamma bir zumda va darhol g‘alaba qozonishni xohlaydi”, lekin bu bir oz vaqt talab qilishini tushunish kerak. Chunki jang qilayotgan har ikki tomondan juda ko‘p kuchlar, ko‘plab texnikalar o‘rtaga tashlangan.
 
Biz dushmanning kuchini past baholamasligimiz kerak. Dushman harakatlarimizning eng xavfli yo‘nalishlarini oldindan ko‘rgan va u yerda mustahkam mudofaa tizimi qurmoqda, uni buzib o‘tish juda qiyin”, — ta’kidladi Sirskiy.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qurolli kuchlari hozircha asosiy kuchlarini ishga solmaganini ma’lum qildi
ePN