
Rossiya Mudofaa vazirligi "Vagner" hujum otryadlari jangchilariga murojaat qilib, ularning ko‘p safdoshlari xatoni allaqachon anglab yetganini aytdi deb yozdi RIA Novosti.
"Bir necha otryaddagi ko‘plab o‘rtoqlaringiz o‘zlarining doimiy joylashish punktlariga xavfsiz qaytish imkoniyatini ta’minlashda yordam so‘rab xatosini anglab etishgan. Bunday yordam ariza bergan barcha jangchilar va qo‘mondonlarga allaqachon ko‘rsatilgan", - dedi harbiy idora.
"Vagner" jangchilaridan ehtiyotkor bo‘lishga va Mudofaa vazirligi yoki huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan imkon qadar tezroq bog‘lanishga chaqirildi.
Rossiya MudofaaVagner JangchilariHarbiy IdoraXato AnglashYordam So‘rashXavfsiz Qaytish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar