12:38 / 26.06.2023
503

Sergey Shoygu harbiy isyondan keyin ilk marta ko‘rinish berdi

Sergey Shoygu harbiy isyondan keyin ilk marta ko‘rinish berdi
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin isyon ko‘targanidan keyin ilk marta ko‘rinish berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi Shoygu «maxsus harbiy amaliyot»da qatnashayotgan «G‘arb» harbiy guruhlaridan birining faoliyati bilan tanishgani aytilgan post e’lon qildi va unga Shoyguning vertolyotda yurgani tasvirlangan videoni ilova qildi.
 
Shoyguga «G‘arb» okrugi komandiri Yevgeniy Nikiforov hisobot bergan. Shoygu okrug rahbariyati ishtirokida yig‘ilish ham o‘tkazgan.
 
Ma’lumot uchun, Sergey Shoygu Rossiyada 23 iyun kuni boshlangan harbiy isyondan keyin ilk marta ko‘rinish berdi. Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi isyonchilar Rostov viloyatidan harakatlanishni boshlab deyarli hech qanday qarshiliksiz Moskvaga yaqinlashdi. Poytaxtga kirishga 200 km qolganida esa Prigojin go‘yoki Belarus prezidenti Lukashenko bilan muzokaradan keyin qo‘shinlarini ortga qaytarishini e’lon qildi.
 
Harbiy isyondan maqsad uning rahbari Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovni qo‘lga olib, jazolash bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sergey Shoygu harbiy isyondan keyin ilk marta ko‘rinish berdi
ePN