19:19 / 28.06.2023
442

Braziliya prezidentiga Yevropada taqdim etilgan taom yoqmadi

Braziliya prezidentiga Yevropada taqdim etilgan taom yoqmadi

Braziliya prezidenti Lula da Silva intervyu chog‘ida Yevropa mamlakatlaridagi qabullar chog‘ida taqdim etilgan taomlardan norozi ekanini aytdi. Video siyosatchining YouTube’dagi kanalida mavjud.

Men Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Italiya yetakchisi Serjio Mattarella bilan tushlik qildim. Ikki mahal ovqat berildi, ovqatlar menga yoqmadi”, — deydi Lula da Silva.

Braziliya rahbari juda kichik porsiyalardan qoniqmagan.

Bunga ko‘nikolmayapman, menga ko‘p miqdorda taom kerak. Balki, bu men tomondan ochko‘zlikdir, lekin men ko‘p miqdorni yaxshi ko‘raman", — tushuntirdi Lula da Silva.

U sayohat paytida Braziliyaning an’anaviy taomlari bo‘lgan rabada (sabzavot bilan dimlangan ho‘kiz dumi) va galinhadi (tovuq go‘shti va guruch)ni sog‘inishini tan oldi.

O‘tgan hafta Braziliya prezidenti Yevropaga tashrif bilan keldi. 21 iyun kuni u Vatikanda Rim papasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, Rimda Mattarella bilan uchrashdi va keyin Fransiyaga sayohat qildi va u erda yangi global moliyaviy pakt bo‘yicha sammitda qatnashdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidentiga Yevropada taqdim etilgan taom yoqmadi
ePN