14:20 / 29.06.2023
296

Putin: Rossiyada Qur’onga hurmatsizlik jinoyat hisoblanadi

Putin: Rossiyada Qur’onga hurmatsizlik jinoyat hisoblanadi

Rossiyada Qur’onga nisbatan hurmatsizlik, boshqa ayrim mamlakatlardan farqli o‘laroq, jinoyat sanaladi va Rossiya bu qonunchilik qoidalariga hamisha rioya qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Bu musulmonlar uchun muqaddas va boshqa barcha uchun muqaddasdir. Biz boshqa mamlakatlarda boshqacha ish tutishlarini bilamiz – odamlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilishmaydi va yana bu jinoyat emas deb aytishadi”, - dedi Putin Derbentdagi (Dog‘iston) Juma masjidiga tashrif chog‘ida.

“Bizning mamlakatimizda bu jinoyat – Konstitutsiyaga binoan ham, Rossiya Federatsiyasining 282-moddasiga binoan ham. Bu jinoyat – hurmatsizlik va diniy adovat qo‘zg‘atish. Biz hamisha bu qonunchilik qoidalariga rioya qilamiz”, - dedi Rossiya rahbari.

Shuningdek, Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Derbent Juma masjidi raisi Seidyahyo Seidov Rossiya prezidentiga Qur’on kitobini sovg‘a qildi.

Bu sovg‘a uchun sizga katta rahmat. U, shubhasiz, Kremlda o‘z o‘rnini topadi”, - dedi Putin.

28 iyun kuni Shvetsiya poytaxtida politsiya ruxsati bilan Qurbon hayitining birinchi kunida Qur’onni yoqish aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Bu dunyo musulmonlarining qahru g‘azabiga sabab bo‘ldi. Xususan, Turkiya TIV va Adliya vazirligi rahbarlari bu aksiyani keskin qoralashdi. Marokash Shvetsiyadagi elchini chaqirib olishini ma’lum qildi.

Qurbon hayitining ilk kunida Shvetsiyada muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimga qarshi sodir etilgan qabih harakatni la’natlayman. So‘z erkinligi bahonasida bunday Islomga qarshi bunday harakatlarga ruxsat berilishini qabul qilib bo‘lmaydi. Bunday qabih ishlarga ko‘z yumish jinoyatga sherik bo‘lishni anglatadi", - deb yozdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Twitter'dagi sahifasida.

Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch ham muqaddas narsani haqorat qilishni ozod fikrlash va so‘z erkinligining bir qismi sifatida ko‘rib bo‘lmasligini ma’lum qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Rossiyada Qur’onga hurmatsizlik jinoyat hisoblanadi
ePN