15:12 / 30.06.2023
632

Tramp: “Ukraina urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga hududining bir qismini berishga majbur bo‘lishi mumkin”

Tramp: “Ukraina urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga hududining bir qismini berishga majbur bo‘lishi mumkin”
Foto: “RBK”
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vagner” isyoni tufayli “bir oz zaiflashganini”, AQSH uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida vositachilik qilish vaqti kelganini aytdi.

“Men odamlar bu bema’ni urushda o‘lib ketishlarini to‘xtatishni xohlayman”, — dedi Tramp.

Unga ko‘ra, Ukraina rasmiylari urushni to‘xtatish uchun hududining bir qismini Rossiyaga berishga majbur bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Tramp o‘z yerlarini himoya qilayotgan ukrainaliklar “katta maqtovga loyiq” ekanini ta’kidladi.

O‘ylaymanki, ular (ukrainaliklar) o‘zi erishgan narsalarning katta qismini o‘zlarida saqlashga haqli, Rossiya ham bunga rozi bo‘ladi deb o‘ylayman. Bizga to‘g‘ri vositachi yoki muzokarachi kerak, hozir unaqasi yo‘q. Menimcha, ayni paytda AQSH qilishi kerak bo‘lgan eng muhim ish — tinchlik o‘rnatish, Rossiya va Ukrainani bir stol atrofiga yig‘ishdir. Buni qilsa bo‘ladi. Hozir shunday qilish, ikki tomonni birlashtirish va tinchlik o‘rnatish vaqti keldi.

Donald Trampning fikricha, “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan isyonga urinish Vladimir Putinga zarar yetkazgan.

“U (Putin) haliyam o‘z o‘rnida, haliyam kuchli, deyish mumkin, lekin u, albatta, bir oz zaiflashgan, hech bo‘lmaganda ko‘pchilikning tasavvurida”, — dedi Tramp.

AQSH sobiq prezidentining ta’kidlashicha, agar Putin Rossiyada hokimiyatda qolmasa, uning o‘rnini kim egallashi noaniq, muqobil odam “yaxshiroq bo‘lishi ham, undan battarroq bo‘lishi ham mumkin”.

Ukraina hukumati urushni tugatishning asosiy sharti Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududidan olib chiqilishi deb hisoblaydi. Rossiya rasmiylari esa tinchlikka erishish uchun Ukraina hukumati hududlarining bir qismi anneksiya qilinishini tan olishi kerakligini ta’kidlagan.

2017—2021 yillarda AQSHni boshqargan Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lishni rejalashtirmoqda. AQSHdagi so‘rovnomalar Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar orasida Trampning ustunligini ko‘rsatmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Ukraina urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga hududining bir qismini berishga majbur bo‘lishi mumkin”
ePN