19:00 / 30.06.2023
154

Rossiyalik hokkeychi Polshada josuslikda ayblanib hibsga olindi

Rossiyalik hokkeychi Polshada josuslikda ayblanib hibsga olindi

Foto: RIA Novosti

Polsha Birinchi ligasidagi jamoalaridan birida o‘ynagan rossiyalik hokkeychi josuslikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda 30 iyun, juma kuni Polsha ichki xavfsizlik agentligi xabar berdi. Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik Polshada 2021 yilning oktyabridan buyon bo‘lgan va “bir nechta voyevodlikdagi muhim infratuzilma obyektlari haqida” ma’lumot to‘plagan.

Polsha bosh prokurori va adliya vaziri Zbignev Zebro qo‘lga olingan Rossiya fuqarosi Rossiya josuslik tarmog‘ining aniqlangan 14-agenti ekanligini aytdi. Sud rossiyalikni uch oyga hibsga olishga qaror qildi. Polsha matbuot agentligining qayd etishicha, ushlash jarayoni mamlakat janubidagi Sileziya voyevodligida 11 iyun kuni bo‘lib o‘tgan, ikki kundan keyin sud hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqargan, biroq bu haqda faqat 30 iyun kuni ma’lum bo‘lgan.

Hokkeychining ismi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmadi. Gazeta Wyborcza xabariga ko‘ra, hibsga olingan shaxsning ismi Maksim S. Mustaqil matbuot, o‘z navbatida, Polsha Birinchi divizionida Sileziyadagi Sosnoves shahridan "Zaglembe" jamoasida 20 yoshli rossiyalik himoyachi Maksim Sergeyev 2021 yildan beri o‘ynayotganini qayd etgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya rasmiylarida rossiyalik hokkeychining hibsga olinishi tafsilotlari hozircha yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiyaning Polshadagi elchixonasi ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqda. Peskov rossiyalikning josuslikda gumonlanib hibsga olinishini “Polsha rasmiylarining rusofob pozitsiyasi” bilan bog‘ladi, deb yozadi “Interfaks”.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik hokkeychi Polshada josuslikda ayblanib hibsga olindi
ePN