23:23 / 02.07.2023
764

Olimlar yadroviy hujumdan keyingi dastlabki daqiqalarni tasvirladi

Olimlar yadroviy hujumdan keyingi dastlabki daqiqalarni tasvirladi

Illustrativ foto: Newsweek

Amerikalik olimlar yadroviy raketalar ishga tushirilgandan keyin sayyoradagi voqealar rivojlanishining faraziy oqibatlarini tasvirladi. Bu haqda TIME xabar berdi.

Future of Life instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, birinchi navbatda elektr tarmoqlari, qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari hamda yadroviy uchirish moslamalari zarar ko‘radi. Raketalar yirik shaharlarni nishonga oladi, bu esa harbiy inshootlarning ishlashiga ta’sir qiladi va tiklanishni qiyinlashtiradi.

Har bir to‘qnashuv quyosh yadrosi kabi issiq olov sharini, keyin esa radioaktiv bulutini hosil qiladi. Ushbu shiddatli portlashlar yaqin atrofdagi odamlarni bug‘laydi va uzoq masofalarda yong‘inni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, yadroviy hujum “olovli bo‘ronlarni” qo‘zg‘atadi, oqibatda yadro qishi bo‘ladi — bulutlar ustida qora tutun ko‘tariladi va sayyoradagi harorat kamida 20 darajaga tushadi. Olimlar 5 milliarddan ortiq odam ochlikdan nobud bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yadroviy hujumdan keyingi dastlabki daqiqalarni tasvirladi
ePN