06:00 / 03.07.2023
641

Meksikada shahar meri timsohga uylandi

Meksikada shahar meri timsohga uylandi

Foto: RUSVEL RASGADO

Meksikaning Oaxaka shtatidagi San-Pedro-Uamelula shahri meri Viktor Ugo Sosa o‘z xalqiga omad olib kelish uchun timsohga uylandi.

Nikohdan oldin hech kim zarar ko‘rmasligi uchun “kelin” arqon bilan bog‘langan, unga Alisiya Adriana nomi berilgan.

Men mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki biz bir-birimizni sevamiz. Muhimi shu. Sevgisiz nikoh bo‘lishi mumkin emas. Men malikaga uylanishga roziman”, — degan shahar meri Viktor Gyugo Sosa.

Shahar rahbarining ayol timsoh bilan ramziy nikohi har yili San-Pedro-Uamelulada 18-asrdan beri saqlanib kelayotgan an’ana doirasida bo‘lib o‘tadi. Timsoh ona Yerni anglatadi. Mahalliy rasmiy bilan timsohning nikohida shahar aholisi insonning ilohiyot bilan aloqasini ko‘radi. Shu tarzda ular o‘zlari uchun mo‘l-ko‘llikni ta’minlashga umid qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada shahar meri timsohga uylandi
ePN