22:32 / 04.07.2023
254

Janubiy Koreyalik milliarder 280 nafar qishloqdoshiga 70 ming dollardan tarqatdi

Foto: Booyoung Group

Koreyadagi eng yirik konglomerat egasi, Booyoung Group rahbari Li Chjun Kin Seul yaqinidagi qishloqning 280 nafar aholisining har biriga 70 ming dollardan tarqatdi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Unpen-ri qishlog‘i milliarder tug‘ilib o‘sgan joy hisoblanadi. 82 yoshli milliarder qishloqda yashovchi har bir kishiga, hatto yaqinda ko‘chib kelganlarga ham moddiy yordam ko‘rsatishga qaror qilgan. Jami summa 180 million dollarga yetgan, bundan tashqari, Li Chjun Kin qishloqdoshlariga kitoblar va turli sovg‘alar yuborgan.

Milliarderning asosiy maqsadi yillar davomida ona shahrini himoya qilish va saqlashga yordam bergan barcha qishloq aholisiga o‘z minnatdorligini bildirish bo‘lgan.

“Li va uning kompaniyasi Kamboja, Vyetnam va Laosda ham xayriya ishlarini amalga oshirgan”, — deydi Booyoung Group vakili.

Li o‘z faoliyatini 1970-yillarda ko‘chmas mulk quruvchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik uning kompaniyasi rivojlanib, Koreyadagi mehmonxona, restoran va golf sanoatini egalladi. Bugungi kunda Li kompaniyasi 16 milliard dollarlik aktivlari bilan Koreyadagi eng yirik 22-konglomerat hisoblanadi.

Bundan tashqari, uning shaxsiy boyligi 1 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa uni mamlakatning eng badavlat 30 kishisi ro‘yxatiga kiritish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida, 2004-yilda Li Chjun soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangandi. 2018-yilda u tegishli moddalar bilan hibsga olingan. Natijada milliarder 2,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 2021-yilda shartli ravishda ozodlikka chiqqan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyalik milliarder 280 nafar qishloqdoshiga 70 ming dollardan tarqatdi
ePN