21:27 / 05.07.2023
589

Si Szinpin Putinni Ukrainaga yadroviy hujumdan ogohlantirdi

Si Szinpin Putinni Ukrainaga yadroviy hujumdan ogohlantirdi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida shaxsan ogohlantirdi.

Financial Times manbalariga ko‘ra, bu ish shu yilning mart oyida Moskvaga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lgan.

Shu bilan birga, G‘arb razvedka xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Putin Si Szinpinning tashrifidan hafsalasi pir bo‘lgan, chunki bu Rossiyaga hech qanday foyda keltirmagan. Xitoy rahbari “Sibir kuchi-2” gaz quvurini qurish bo‘yicha kelishuvni imzolashdan bosh tortdi, biroq qo‘shma kommunikeda yadro qurolidan foydalanishni qoralashni talab qildi.

Agar Rossiya Ukrainadagi urush paytida yadro qurolidan foydalansa, "buning hammasi Xitoy uchun minus bo‘ladi", deb izohlagan rasmiylardan biri. Bu voqea Yevropa Ittifoqining Pekinga nisbatan munosabatini o‘zgartirishi mumkin, shu bilan birga Xitoyning Moskvaga bu boradagi bosimi davom etishi Yevropa bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

Pekindagi Renmin universiteti xalqaro aloqalar professori Shi Inxun: “Xitoy hech qachon Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishiga rozi bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham”, degan. Unga ko‘ra, agar Putin yadroviy quroldan Ukrainaga qarshi foydalansa, “Xitoy Rossiyadan yanada uzoqlashadi”.

O‘z navbatida, Putin o‘tgan yilning oktyabr oyida Ukrainaga taktik yadroviy zarba berish hech qanday “siyosiy yoki harbiy ma’no”ga ega emasligini aytgan edi.

Ayni paytda Kiyev Rossiya armiyasi 2022 yil martida bosib olgan Yevropadagi eng yirik Zaporoje atom elektr stansiyasida avariya sodir etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin Putinni Ukrainaga yadroviy hujumdan ogohlantirdi
ePN