00:10 / 06.07.2023
887

Qozog‘istondagi qishloq aholisi “odamlarning ommaviy o‘limi” haqida xabar berdi

Qozog‘istondagi qishloq aholisi “odamlarning ommaviy o‘limi” haqida xabar berdi

Foto: Inbusiness.kz

Qozog‘iston g‘arbidagi qishloqlardan birida yashovchi fuqaro Bokeyorda tumanidagi Xon o‘rdasi qishlog‘ida “odamlarning ommaviy o‘limi” haqida xabar tarqatdi. Qishloq aholisi noaniq sharoitda vafot etgani aytilmoqda.

Facebook sahifasidagi post muallifining qayd etishicha, so‘nggi 10-15 kun ichida qishloqda noaniq sharoitda 10 ga yaqin odam halok bo‘lgan, ularning aksariyati 50 yoshga ham to‘lmagan.

“Nahotki bu hech kimni tashvishga solmayapti? Qishlog‘imiz Ural shahridan 600 kilometr uzoqlikda joylashgan, yo‘llari yomon. Ehtimol, shu sababdan o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmayapmiz. Chorva mollari ommaviy nobud bo‘lganda ham tekshiruvdan o‘tadi, hozirgi holatda esa odamlar”, — deydi u.

Biroq sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati bu ma’lumotni rad etdi. U postdagi ma’lumot statistik ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. 2023 yil boshidan buyon ushbu qishloqda 14 kishi halok bo‘lgani, o‘lim sabablari aniqlangani aytilgan.

“Birida oshqozon osti bezi saratoni bor edi, ikkinchisi asfiksiya bilan og‘rigan, ovqatlanayotganda bo‘g‘ilib qolgan. Yana biri vafot etganida Atirauda edi. Ikkinchisi Rossiyada yashagan, mart oyida qishloqqa kelgan. Bir kishi baxtsiz hodisada vafot etgan. Uch nafari surunkali yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan.

Biri jigar sirrozi bilan kasallangan, ikkinchisi qon bosimi va qandli diabet bilan ro‘yxatga olingan, dori-darmonlarni qabul qilgan. Ammo u shifokor tavsiyalariga amal qilmagan va spirtli ichimlik iste’mol qilganidan keyin viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga olib kelingan. Tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq 30 iyun kuni tibbiy muassasada vafot etgan”, — deydi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiy yordamni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Aygul Kulbarakova.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi qishloq aholisi “odamlarning ommaviy o‘limi” haqida xabar berdi
ePN