20:13 / 06.07.2023
422

Sadir Japarovning jiyani hibsga olindi

Sadir Japarovning jiyani hibsga olindi

Foto: AP

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulan Japarov hibsga olindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Prezident matbuot xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov ma’lumotni tasdiqladi. Ulan Japarov jinoiy ish bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar bilan birga hibsga olingan.

32 yoshli ayblanuvchi Sadir Japarovning amakivachchasining o‘g‘lidir.

U politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan. Bu ishda xususiy tadbirkorlar va bojxonachilar ham bor. Ta’kidlayman, Sadir Japarov avvalroq tanish-bilish va qarindosh-urug‘ligidan qat’i nazar, har kim o‘z qilmishi uchun qonun bo‘yicha javob berishi haqida ogohlantirgandi”, — deydi Dayirbek Orunbekov.

Ulan Japarov Bishkekda hibsga olingan va 1-sonli tergov izolatoriga joylashtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 'Korrupsiya' moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov xizmati tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Prezident jiyani sud qarori bilan 26 iyulga qadar hibsda bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarovning jiyani hibsga olindi
ePN