15:31 / 07.07.2023
235

Oq uy Ukraina bo‘yicha norasmiy muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi

Oq uy Ukraina bo‘yicha norasmiy muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi

Jon Kirbi / Foto: AP

Oq uy AQSHning bir guruh sobiq yuqori martabali milliy xavfsizlik amaldorlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya tashqi siyosatining boshqa bir qator vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muloqotga asos yaratish maqsadida norasmiy muzokaralar o‘tkazganini tasdiqladi. Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining (MXK) strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CBS News telekanaliga bergan intervyusida tegishli xabarlarga izoh berdi. 6 iyul, payshanba kuni Reuters agentligi xabar berishicha, muhokamalar Oq uy tashabbusi bilan o‘tkazilmagan.

«Men shuni aytmoqchimanki, bu munozaralar biz tomonimizdan rag‘batlantirilmagan yoki boshlanmadi va biz ularni hech qanday faol qo‘llab-quvvatlamadik», — dedi Kirbi. «Prezident Jo Bayden aytganidek, Ukrainasiz Ukraina haqida muzokaralar o‘tkazilmaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Bu muhokamalar Bayden ma’muriyati tashabbusi bilan o‘tkazilmadi», dedi AQSH Davlat departamenti vakili Reuters so‘roviga javoban. Ma’muriyat Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etadi, toki ukrainalik rasmiylar «vaqt keldi, deb o‘ylasa, kuchli pozitsiyadan muzokara olib borishi» mumkin.

NBC News'ning oltita manbasiga ko‘ra, Lavrov aprel oyida Nyu-Yorkda amerikalik ekspertlar bilan bir necha soat suhbatlashgan, u o‘shanda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishiga raislik qilgan.

Uchrashuvda, jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, Amerika tomonidan, xususan, Tashqi aloqalar kengashi rahbari lavozimini tark etayotgan sobiq diplomat Richard Xaas, Jorjtaun universiteti xalqaro munosabatlar professori Charlz Kupchan va Yel universitetida Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyoni o‘rganish dasturi asoschilaridan biri Tomas Grem bo‘lgan. Ular Tashqi aloqalar kengashining ilmiy xodimlari, shuningdek, Oq uy va AQSH Davlat departamentining sobiq amaldorlari hisoblanadi.

Ikki manbaga ko‘ra, boshqa muhokamalarda NATO masalalarida katta tajribaga ega Pentagon rahbarining sobiq yordamchisi Meri Bet Long ham ishtirok etgan.

Muhokamalarda Rossiya tomonidan olimlar, yirik tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari hamda Rossiya tashqi siyosatining boshqa vakillari ishtirok etdi, deya ta’kidladi jurnalistlar suhbatdoshlari.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy Ukraina bo‘yicha norasmiy muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi
ePN