22:43 / 07.07.2023
855

«Vagner»ning ahvoli Suriyada ham yomonlashyapti

«Vagner»ning ahvoli Suriyada ham yomonlashyapti

Yaqin Sharq manbalarining xabar berishicha, Rossiya harbiy politsiyasi Suriyaning turli joylarida «Vagner» XHK xodimlarini hibsga ola boshlagan.

Go‘yoki Belarusda bo‘lgan Yevgeniy Prigojin FSBning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha departamentiga shaxsan o‘zi Mudofaa vaziri Sergey Shoygudan olgan "Glok" to‘pponchasini, shuningdek, o‘n milliard rubl va tintuv chog‘ida qo‘lga kiritilgan boshqa mol-mulklarini olib ketish uchun kelgan paytda Suriyada uning yuqori martabali xodimlarini hibsga olish boshlandi.

Hozirda Rossiya harbiy politsiyasi Suriya janubidagi Suvayda shahridagi «Vagner» XHK bo‘limi rahbarini, shuningdek, Xmeymim aviabazasida guruhning uchta “yuqori martabali qo‘mondoni”ni hibsga olgani ma’lum qilingan. Bundan tashqari, Deyr az-Zor, Hama va Damashqdagi xususiy harbiy kompaniya ofislari yopib qo‘yilgan va tintuv qilingan.

Hammasi Suriya maxsus xizmatlari ishtirokida sodir bo‘lgan.

Biroq kimdir endi Suriyada ham “Vagnerchi”larning kuni bitdi, desa, qattiq adashadi. Kuni kecha amerikalik yuqori martabali amaldorlardan biri haqli ravishda ta’kidlaganidek, "Vagner Moskva uchun undan voz kechish mumkin bo‘lmagan samarali vositadir". Suriyada bo‘layotgan “tomosha”lar esa Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan Suriyadagi "musiqachilar" bo‘linmasini o‘ziniki qilib  olishdan boshqa narsa emas.

Tadbirning maqsadi oddiy – rebrending va rahbarlarni o‘zgartirish, yangi ish beruvchilar bilan "Vagner operatorlari" shartnomalarini qayta imzolashdir.

Nega ular aynan shu qadar faol harakat qilishdi?

2016 yil aprel-may oylarida Palmira rus armiyasi tomonidan "ozod qilingan” edi. O‘shanda uni "Vagner" olgan bo‘lsa-da, allaqanday yollanma askarlar Shoyguning generallaridek sharafga loyiq emas, deb hisoblashdi. Natijada “musiqachi”larga medallar, asosiy g‘alaba esa armiya generallariga bo‘ldi. So‘ng Suriyadan "musiqachilarni" quvib chiqarishni boshlashdi.

Biroq bir necha kundan so‘ng, kutilmagan hujum paytida atigi 500 ISHID jangarisi jiddiy janglarsiz "dunyoning ikkinchi armiyasi"ni  Palmiradan quvib chiqardi. Notavon generallar yana “vagnerchi”larga yalindi. Ular kelib Palmirani qaytarib olib, Dayr-az-Zor va Mayadinga yetib bordi. Shu tariqa rus armiyasi va “Vagner” o‘rtasida ko‘rinmas nafrat, g‘ayirlik paydo bo‘lgan edi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Kremlning kun tartibida uni tugatish masalasi yo‘q, gap faqat uni qayta bo‘ysundirish haqida ketmoqda. Aynan "Vagner" yoki guruhning endi qanday nomlanishidan qat’i nazar, Moskva ofislarida shiddatli kurash, balki haqiqiy jang boshlandi. Uning natijasini esa yaqin kelajakda ko‘rishimiz mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Vagner»ning ahvoli Suriyada ham yomonlashyapti
ePN