Foto: Gabriel Petrescu / Shutterstock
Niderlandiyada hukmron koalitsiya parchalandi. Bu haqda 7 iyul, juma kuni bosh vazir Mark Ryutte ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin orada u qirol Villem-Aleksandrga hukumat iste’fosi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Ryutte boshchiligidagi koalitsiya mamlakatda boshpana olish huquqini isloh qilish bo‘yicha kelisha olmadi. So‘nggi oylarda u qirollikka kelayotgan qochqinlar oqimini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Takliflar ikki boshpana toifasini yaratishni o‘z ichiga olgan - mojarolardan qochgan odamlar uchun vaqtinchalik va ta’qibdan qochib qutulishga urinayotganlar uchun doimiy - shuningdek, Niderlandiyada boshpana izlovchilarga qo‘shilishga ruxsat berilgan qarindoshlar sonini kamaytirish.
Muhokamalarda migratsiyaga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlamaydigan ikki partiya – «Demokratlar 66» va «Xristian ittifoqi» va qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya – «Ozodlik va demokratiya uchun» konservativ xalq partiyasi va Xristian-demokratik murojaat partiyasi o‘rtasidagi koalitsiyada mafkuraviy bo‘linishlar aniqlandi.
Niderlandiyaning amaldagi koalitsion hukumati ketma-ket to‘rtinchi bo‘lib, unga Mark Ryutte boshchilik qilgan. Vazirlar mahkamasi 2022 yil yanvarida mamlakat siyosiy tarixidagi eng uzoq davom etgan koalitsiya muzokaralaridan so‘ng tuzilgan edi. Bahsli masala yuzasidan bir necha oy davom etgan muzokaralarning muvaffaqiyatsizligi yil oxirida Niderlandiya parlamentiga yangi saylovlarga olib kelishi mumkin. Ryutte kabineti yangi hukumat tuzilmaguncha o‘z vazifasini bajarib turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!