13:30 / 08.07.2023
225

BMT Ukrainada kassetali o‘q-dorilardan foydalanishga qarshi chiqdi

BMT Ukrainada kassetali o‘q-dorilardan foydalanishga qarshi chiqdi

Foto: skynews

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainaga AQSHdan kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishi ehtimoliga munosabat bildirdi. «Bu o‘q-dorilar mojaro tugaganidan keyin ancha vaqt o‘tib ham odamlarni o‘ldiradi va mayib qiladi. Shuning uchun ulardan foydalanish darhol to‘xtatilishi kerak», dedi 7 iyul, juma kuni Jenevada tashkilot vakili.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi Rossiya va Ukrainani 100 dan ortiq davlat qo‘shilgan kassetali o‘qlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani imzolashga chaqirdi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg juma kuni alyansning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi yo‘qligini va Ukraina ittifoqchilari tegishli o‘q-dorilarni yetkazib berishni o‘zi hal qilishini aytdi, deb xabar bermoqda DW muxbiri Bryusseldan.

 Stoltenbergning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina urushda kassetali o‘q-dorilardan foydalanar ekan, Rossiya buni hujum qilish uchun, Ukraina esa hududini himoya qilish uchun amalga oshiradi. Alyans bosh kotibining eslatishicha, NATO a’zolari orasida konvensiyani imzolagan ham, unga qo‘shilmagan davlatlar ham bor.

Kassetali o‘qlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani imzolagan Germaniya hukumati shunga qaramay, Amerikaning ularni yetkazib berish rejalariga xayrixoh. «Biz amerikalik do‘stlarimizning tegishli o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha qarori oson bo‘lmaganiga aminmiz», dedi Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt juma kuni. U, shuningdek, Rossiya Ukrainaga qarshi «kassetali o‘q-dorilarni» keng qo‘llaganini, Kiyev esa o‘z hududlarini ozod qilish uchun qurol ishlatishini ta’kidladi.

AQSH yaqin orada Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishni ma’qullaydi, deb yozadi The New York Times AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldoriga tayanib. Nashrning qayd etishicha, avvalroq Vashington Kiyevga bunday snaryadlarni yuborishdan tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishi mumkinligi sababli tiyilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Ukrainada kassetali o‘q-dorilardan foydalanishga qarshi chiqdi
ePN