14:43 / 08.07.2023
79

Farg‘onada 1 kg gashishni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Farg‘onada 1 kg gashishni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 1 kilogramm gashish giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 16 iyun kuni shahar IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Dang‘ara tumani “Chag‘ali” qishlog‘ida T.B. va A.A. ismli shaxslar bir guruh bo‘lib, 11 ming AQSH dollari evaziga 1 kilogramm gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, giyohvandlik vositasi daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Farg‘onada 1 kg gashishni sotishga uringan shaxslar ushlandi
ePN