14:50 / 10.07.2023
201

Obrazi ishonarli chiqishi uchun har qanday ishga tayyor bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

Obrazi ishonarli chiqishi uchun har qanday ishga tayyor bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

Ko‘pincha aktyordan talab qilinadigan yagona narsa – dialoglarni yodlashi va o‘z qahramoniga moslashishi kerak. Ammo ba’zi filmlar uchun bu yetarli bo‘lmaydi, ba’zida aktyorlar ko‘p mehnat qilishlari kerak: semirish yoki ozish, yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, qattiq mashq qilish va hatto tashqi ko‘rinish va sog‘lig‘ini qurbon qilishiga ham to‘g‘ri keladi.

Sharliz Teron

Foto: Filmdan kadr

“Talli” filmidagi ko‘p bolali ona roli uchun Sharliz Teron taxminan 22 kiloga semiradi. Ammo aktrisa noxush oqibatlarga duch keladi. U shunchalik ko‘p zararli ovqat va shakar iste’mol qiladiki, birinchi marta depressiyaga tushadi. Bundan tashqari, Sharliz ozish ancha qiyin bo‘lishini tushunadi. U uxlashda qiynalardi, o‘zini holsiz his qilar, yugurish yo‘lakchasida yurishi qiyinlashadi. Oldingi formasiga qaytish uchun o‘z ustida 1,5 yil ishlashi kerak bo‘ldi.

Foto: Filmdan kadr

Biroq bu aktrisa boshdan kechirishi kerak bo‘lgan birinchi o‘zgarish emas edi: “Maxluq” dramasidagi roli uchun u taxminan 13 kiloga semiradi va sport bilan shug‘ullanmaydi. U tashqi ko‘rinishini ham qurbon qilishga majbur bo‘ladi: qoshlarini terib, och rangga bo‘yashadi, tishlariga protez qo‘yishadi. Bundan tashqari, Sharliz maxsus protseduralar yordamida sochlarini kuydiradi.

Gvendolin Kristi

Foto: Filmdan kadr

Gvendolin Brienning rolini olishga shunchalik ishtiyoqmand ediki, 6 hafta davomida bor kuchini kastingga tayyorlanish uchun sarflaydi. U kikboksing, yoga bilan shug‘ullanadi, hatto diyetasini qayta ko‘rib chiqadi va 9,5 kiloga ozadi. Nihoyat u rolga tasdiqlangach, mashg‘ulotlar yanada qiyinlashadi.

Biroq aktrisa uchun eng og‘iri uzun sochlaridan ajralishi edi. U o‘zini birinchi marta kalta sochda ko‘rganida, yig‘lab yuboradi va 2 soatgacha tinchlana olmaydi.

Enn Xeteuey

Foto: Filmdan kadr

“Ishlamadi” serialida Enn Xeteuey haqiqiy shaxs — ishbilarmon ayol Rebekka Neyman rolini o‘ynaydi. Filmda u qattiq vegetarian parhezga amal qiladi va faqat xom yoki minimal qayta ishlangan ovqatlarni iste’mol qiladi. Shu bilan birga, u yoga bilan shug‘ullanadi.

Rolga moslashish uchun aktrisa qahramonining turmush tarzini qabul qilishga qaror qiladi. U har kuni yoga bilan shug‘ullana boshlaydi va ovqatlanishda xom mahsulot diyetasiga amal qildi. Xeteueyning so‘zlariga ko‘ra, u qahramoniga shunchalik moslashadiki, o‘zini vegetarian deb hisoblay boshlaydi. Biroq suratga olish ishlari tugaganidan 3 hafta o‘tgach, u to‘satdan burger yeyishni xohlab qoladi.

Jeyk Jillenxol

Foto: Filmdan kadr

“Everest” filmining sujeti dengiz sathidan 8,5 km balandlikda bo‘lib, u yerda odamlar jiddiy kislorod yetishmasligiga duch kelishadi. Bu qanday bo‘lishini tushunish uchun Jeyk Jillenxol simulyatorda xuddi shunday sharoitga tushishga qaror qiladi. Unga hamkasbi Josh Brolin qo‘shiladi. Ularga tajriba shunchalik yoqadiki, simulyatorda zarur bo‘lgandan ko‘proq vaqt qolishga qaror qilishadi. Biroq 3 kun o‘tgach, aktyorlar qattiq depressiyaga tushib qoladi.

Jessika Chesteyn

Foto: Filmdan kadr

“Temmi Feyning ko‘zlari” filmidagi rolidan oldin Jessika Chesteyn hech qachon kamera qarshisida qo‘shiq aytishga majbur bo‘lmagan. Shu sababli u suratga olish ishlari boshlanishidan oldin juda xavotirda edi. “Uyatchan odam uchun bu haqiqiy dahshat. Ammo o‘zimni yengishim kerak edi”, — deydi aktrisa. Natijada Chesteyn Temmining 31 ta qo‘shig‘ini kuylashni o‘rganadi.

Jessika vizajistlarga yuziga marker bilan chizishga ham ruxsat beradi, chunki Temmi Feyning tatuirovkasi bor edi. Podvodka, qosh qalami va lab bo‘yog‘i sifatida vizajistlar flomasterlardan foydalangan.

Kichik Robert Dauni

Foto: Filmdan kadr

1992-yilda aktyor xuddi shu nomdagi filmda Charli Chaplinni gavdalantiradi. Bu rolga tayyorgarlik ko‘p kuch va sabr-toqatni talab qiladi. Robert o‘naqay, Chaplin esa chapaqay edi, shuning uchun kichik Dauni tayyorlanishga majbur bo‘ladi. U chap qo‘li bilan tennis va skripka chalishni o‘rganadi. Bundan tashqari, aktyor unga afsonaviy komediyachining xulq-atvorini egallashga yordam bergan murabbiy bilan ishlaydi.

Nikol Kidman

Foto: Filmdan kadr                                                                                                           

2012-yilda taniqli aktrisa Nikol Kidman jinoyatchilar bilan xat yozishishni yaxshi ko‘radigan erkin ayol rolini o‘ynaydi. Rejissor aktrisani o‘z qahramoniga shunchalik singib ketishini, unga mos kiyim tanlashini va o‘zi makiyaj qilishini talab qiladi. Nikol unga qahramoni uchun tanlagan kiyim va makiyajdagi fotosuratini yuboradi. Rolga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishda aktrisa mahbuslar bilan yozishmalar olib boradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obrazi ishonarli chiqishi uchun har qanday ishga tayyor bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)
ePN