00:30 / 11.07.2023
129

Ukrainada Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Ukrainada Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Foto: Global Look Press

Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin mamlakatda Turkiyaning Bayraktar dronlarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlanganini aytdi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.

“Ukrainada bir-ikki yildan beri gapirilayotgan Bayraktar zavodiga kelsak, bu zavodda qurilish ishlari boshlangan. Bu borada muzokaralar bo‘ldi, keyin pauza va mojarolar kuzatildi. Bu zavod nafaqat memorandumlar asosida, balki amalda qurila boshlandi”, — dedi Kamishin.

8 iyul kuni Turkiya va Ukraina o‘rtasida dronlarni birgalikda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Turkiyaning Baykar kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayraktarning aytishicha, kompaniya 2025 yilda Ukrainada Bayraktar TB2 va Bayraktar Akinji dronlarini ishlab chiqarishni boshlashni kutmoqda.

Ukrainada Bayraktar zarba beruvchi dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish rejalari haqida Turkiyadagi elchi Vasiliy Bodnar 2022 yil avgust oyida e’lon qilgandi.

Zavodning Kiyev viloyatidagi maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lishi rejalashtirilgan, unda 300 nafar ukrainalik muhandis va texniklar ishlaydi. Ukrainadagi Bayraktar markazi qurilishi uchun joy 2023 yil fevral oyida ma’lum bo‘lgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda
ePN