date

BAA havo mudofaasi Eron dronlarini yo‘q qildi

BAA havo mudofaasi Eron dronlarini yo‘q qildi

Birlashgan Arab Amirliklarida xavfsizlik bilan bog‘liq yana bir jiddiy holat qayd etildi. Mamlakat mudofaa tizimlari tomonidan Erondan uchirilgan ikki dona uchuvchisiz uchish apparati o‘z vaqtida aniqlanib, muvaffaqiyatli ravishda yo‘q qilindi.

Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 10 may kuni sodir bo‘lgan. Havo mudofaa tizimlari tahdidni tezkorlik bilan bartaraf etgan va buning natijasida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlar qayd etilmagan. Shuningdek, yer usti infratuzilmasiga ham zarar yetmagani ta’kidlangan.

Rasmiylar mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash masalasi ustuvor ahamiyatga ega ekanini qayd etib, har qanday tahdidga qarshi doimiy ravishda yuqori jangovar shaylik saqlanayotganini bildirishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Eron bilan bog‘liq keskinlik kuchaygani fonida BAA havo mudofaasi tizimlari katta hajmdagi hujumlarni qaytargan. Jumladan, shu davr mobaynida 551 ta ballistik raketa, 29 ta qanotli raketa va 2265 ta dron yo‘q qilingan.

Shu bilan birga, hujumlar oqibatida turli millat vakillaridan iborat 230 nafar inson jarohat olgani, halok bo‘lganlar soni esa 13 nafarni tashkil etgani ham ma’lum qilindi.

Mutaxassislar fikricha, bunday holatlar mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning hali ham barqaror emasligini ko‘rsatmoqda. Shu bois xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilishi va mudofaa tizimlari doimiy ravishda takomillashtirib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » BAA havo mudofaasi Eron dronlarini yo‘q qildi