NATO davlatlari Vilnyus sammiti kommyunikesida Rossiya Federatsiyasini Yevro-Atlantika mintaqasidagi xavfsizlikka eng jiddiy va bevosita tahdid deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Rossiya Federatsiyasi ittifoqdoshlar xavfsizligi, Yevro-Atlantika hududida tinchlik va barqarorlik uchun eng jiddiy va bevosita tahdiddir», — deyiladi bayonotda.
Shimoliy Atlantika blokidagi ittifoqchilar rozi bo‘lsa va Kiyev «shartlarni bajarsa» NATO davlatlari Ukrainani ittifoqqa taklif qilishlari ham ma’lum bo‘ldi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, sammitda alyans Ukrainaning a’zoligi bo‘yicha harakatlar rejasini bekor qilgani, shuningdek, «barcha shartlar bajarilganda» uni ittifoqqa taklif qilishga va’da bergani haqida qaror qabul qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!