18:36 / 12.07.2023
1 283

OAV: Prigojinda o‘limga olib keluvchi kasallik aniqlandi

OAV: Prigojinda o‘limga olib keluvchi kasallik aniqlandi

Foto: “TASS”

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin saraton kasalligidan davolandi. Bu haqda uning xodimlari Rossiyaning “Proyekt” nashriga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gap qorin bo‘shlig‘i atrofidagi saraton haqida ketmoqda. Prigojin uzoq vaqt davomida kasallikdan davolangan va jiddiy terapiyadan o‘tgan. Hozirda “o‘simta hosil bo‘lish jarayoni to‘xtatilgani” aytilmoqda.

Kasallik tufayli Prigojin sog‘lom turmush tarzini olib borishi va qat’iy diyetaga rioya qilishi ta’kidlanadi. Uning uzoq yillik “xodimlaridan” biri so‘nggi yillarda u bir stakan limonad ichganini faqat bir marta ko‘rganini aytdi.

Jurnalistlar Prigojinning dala uyidagi tintuvda reanimatsiya to‘shagi, o‘pkani sun’iy shamollatish apparati va kislorod konsentrati bo‘lgan yaxshi jihozlangan tibbiyot xonasi topilganini aytdi.

“Proyekt”ga ko‘ra, Prigojin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi Mariya Voronsovaga aloqador “Sogaz” elita klinikasida davolangan. U “Dmitriy Geyler” soxta nomi ostida “super VIP” maqomiga ega bo‘lgan birinchi mijozlardan biri bo‘lgan. Tintuvlar davomida “Vagner” rahbarining shu nomdagi pasporti topilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Prigojinda o‘limga olib keluvchi kasallik aniqlandi
ePN