06:30 / 13.07.2023
242

Ukrainada mahbuslar Mark Tven va Napoleon Xill tomonidan “davolanadi”

Ukrainada mahbuslar Mark Tven va Napoleon Xill tomonidan “davolanadi”

Foto: “TASS”

Ukrainada xalq deputatlari mahbuslar taqdirini yengillashtirmoqchi, xususan, kitob o‘qish evaziga qamoqda qolish muddati qisqarishi mumkin.

Ammo har qanday kitobni o‘qishga ruxsat berilmaydi, faqat Adliya vazirligi tomonidan Ukraina tilida elektron yoki bosma shaklda tasdiqlangan kitoblarni mutolaa qilish mumkin. O‘qigan har bir kitob qamoq muddatini 3 kunga qisqartiradi. Hisobga olinadigan o‘qilgan kitoblarning maksimal soni 10 tani tashkil qiladi.

Shuningdek, adabiyot haqiqatan ham o‘qilganini isbotlash uchun test imtihonini topshirish kerak bo‘ladi. Koloniya ma’muriyati esa har bir mahkum o‘qigan kitoblari soni haqida ma’lumot beradi.

Shu tariqa, bir yil oldin ozod bo‘lish uchun 12 yil kitob o‘qish kerak. Xalq deputatlari bu mahkumlar uchun ajoyib turtki bo‘lishiga ishonchlari komil, ammo hozircha bunga ishonish qiyin.

Mark Tven va Napoleon Xill: mahkumlar nima o‘qishi kerak?

Qonun loyihasi tashabbuskori, “Xalq xizmatkori” partiyasidan xalq deputati Sergey Grivko Adliya vazirligi qamoqxonalar uchun kitoblar ro‘yxatini jinoyatlarning kvalifikatsiyasiga ko‘ra tanlashini aytdi.

“Agar odam o‘g‘irlik uchun sudlangan bo‘lsa, u narsaning va mehnatning qadrini, qotillik uchun esa hayotning qadrini tushunishi kerak”, — deyiladi xabarda.

“Sizni yaxshi ishlar qilishga, ishlashga, oila qurishga undaydigan psixologik va badiiy kitoblar bo‘lishi kerak. Maksimal darajada ijtimoiylashuvga qaratilgan adabiyotlar”, — deb tushuntirdi Grivko.

Siyosatchi, birinchi navbatda, mahbuslarga amerikalik yumorist Mark Tven va o‘z-o‘zini rivojlantirish haqidagi kitoblar muallifi Napoleon Xillning kitoblarini o‘qishni tavsiya qiladi.

Xilning “o‘yla va boy bo‘l” degan kitobi bor, shaxsan menga juda yoqadi. Uni 20 yoshimda o‘qib chiqqanman, o‘zimni topishimga turtki bo‘lgan. Kitob sizni kulrang sxemalarni amalga oshirish emas, balki pul topish kerakligi haqida o‘ylantiradi. Har bir inson har qanday maqsadga erisha oladi. Mark Tvenning “Shahzoda va gado”, “Tom Soyer” asarlari. Har bir insonga maktabda kitob o‘qish imkoniyati beriladi. Hayotda burilish nuqtasida, qiyin vaziyatlarda kitoblar tayanchga aylanadi, — dedi u.

Tashabbusga ko‘ra, agar shaxs ozodlikka chiqqanidan keyin yana jinoyat sodir etsa, o‘qilgan kitoblar “nollashtiriladi”. Qamoqdan erta chiqish uchun yana o‘sha adabiyotni qayta o‘qish zarur. Grivko jazoni o‘tash muassasalarini kitoblar bilan ta’minlashda hech qanday to‘siq ko‘rmayapti, kitoblar barcha mahbuslar uchun yetarli.

Mahkumlar uchun “to‘g‘ri” adabiyot: huquq himoyachilarining fikri

Ukrainalik huquq himoyachilari qamoqxonalardagi “to‘g‘ri” adabiyot g‘oyasiga shubha bilan qaradi. G‘arbda ham shunga o‘xshash “qoidalar” joriy etilmoqda — sudya hukmida ijobiy harakatlar uchun muddat qisqartirilganini ko‘rsatadi.

“9477-sonli qonun loyihasi ishning amaliy tomoni haqida gapirish uchun yetarli darajada tayyorlanmagan. Ukrainada shunday ishlarni qiladigan sudya bor, agar mahkum sodir etgan jinoyatining mohiyatini tushunmasa va ta’lim darajasida bo‘shliqlar bo‘lsa, uning hukmiga majburiy o‘qish uchun ikki yoki uchtadan oshmagan kitoblar kiritiladi”, — deydi Xarkov Inson huquqlari guruhi direktori Yevgeniy Zaxarov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada mahbuslar Mark Tven va Napoleon Xill tomonidan “davolanadi”
ePN