18:21 / 13.07.2023
624

Tramp: “Bayden omma oldida nutq qilishidan oldin unga kokain berishadi”

Tramp: “Bayden omma oldida nutq qilishidan oldin unga kokain berishadi”

AQSH prezidenti Jo Bayden ommaviy chiqishlar oldidan kokain iste’mol qiladi, dedi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp. Uning ta’kidlashicha, Bayden nutqining boshi va oxiridagi uslubi shundan dalolat beradi, deb yozadi Newsweek.

Bilasizmi, siz nutqining boshida Joga qarasangiz, biroz jonli ekanini ko‘rasiz. Ko‘p emas, lekin uning harakatlarida tetiklik bor bo‘ladi. Nutqning oxiriga kelib, u jonsiz bo‘lib qoladi. Bayden hatto sahnadan ham yo‘l topa olmay qoladi. Demak, u yerda nimadir bo‘lmoqda”, — dedi Tramp.

Avvalroq Tramp Oq uyda topilgan kokain Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanter uchun mo‘ljallanganiga ishonch bildirgan edi.

Siyosatchi, shuningdek, rasmiylarni giyohvand moddalar qayerdan kelganini ko‘rsatadigan kuzatuv kamerasi tasvirlarini e’lon qilishga chaqirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Bayden omma oldida nutq qilishidan oldin unga kokain berishadi”
ePN