date
views 447

Shoygu Ukraina o‘zining “qarshi hujumi”da qancha harbiysini yo‘qotganini aytdi

Shoygu Ukraina o‘zining “qarshi hujumi”da qancha harbiysini yo‘qotganini aytdi

Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) 4 iyundan buyon o‘zining “qarshi hujumi” doirasida 26 mingdan ziyod harbiysi va 3 mingta qurol-aslahasini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

4 iyundan buyon dushmanning yo‘qotishlari 26 ming nafardan ziyod harbiy xizmatchi va 3 mingta turli qurol-yarog‘ni tashkil etdi”, - dedi Shoygu.

Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, shu davr mobaynida Ukrainaning 21 ta samolyoti, 5 ta vertolyoti, 1244 ta tanki va boshqa zirhli texnikasi, jumladan, 17 ta “Leopard”, 12 ta “Bredli” yakson qilingan.

Ukraina biror bir yo‘nalishda o‘z maqsadlariga erisha olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu Ukraina o‘zining “qarshi hujumi”da qancha harbiysini yo‘qotganini aytdi