10:00 / 15.07.2023
186

Xitoy AQSHni kosmosni harbiylashtirishda aybladi

Xitoy AQSHni kosmosni harbiylashtirishda aybladi

Associated Press agentligining xabar berishicha, Xitoy Mudofaa vazirligi AQSHni ikki tomonlama harbiy aloqalar muzlatib qo‘yilgan bir paytda koinotni harbiylashtirishda aybladi.

"So‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlar kosmosni harbiylashtirishni tezlashtirdi. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, Xitoy kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish tarafdori. U yerga qurol-yarog‘larning joylashtirilishi va kosmosni jang maydoniga aylantirishiga qat’iy qarshi", - dedi Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili Tan Kefey.

Uning qayd etishicha, AQSHning harakatlari, jumladan, 2019-yilda alohida kosmik kuchlarni tuzilishi “koinot xavfsizligi va global strategik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi”.

Bir kun avval AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Indoneziyada Xitoy Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi rahbari Van I bilan uchrashdi. Amerika diplomati Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini taʼkidlab, Vashington va uning ittifoqchilari Xitoyning harakatlaridan xavotirda ekanini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHni kosmosni harbiylashtirishda aybladi
ePN