Foto: “President.kg”
Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Aida Sasibayeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovdan qirg‘iz xalqini haqorat qilgani uchun uzr so‘rashni talab qildi, deb yozmoqda “24.kg” axborot agentligi.
Aida Sasibayeva prezident qirg‘izlarni dangasa deb atagani unga yoqmaganini ta’kidladi.
Aida Sasibayeva prezident “o‘ziga kelib, omma oldida kechirim so‘rashiga” umid bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, norozilik aksiyasi siyosiy yoki madaniy emas, balki umumrespublikaviy bo‘ladi.
Avvalroq Sadir Japarov Transport va kommunikatsiyalar vazirligiga yo‘l texnikasini topshirish marosimida qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik yo‘l quruvchilar haqida latifa aytgandi. Shundan so‘ng Japarov qirg‘izlarning “dangasaligi tufayli” prezident ma’muriyatiga mo‘ljallangan bino sekin qurilayotganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!