21:32 / 20.07.2023
244

Iroq Shvetsiya elchisini mamlakatdan haydadi

Iroq Shvetsiya elchisini mamlakatdan haydadi

Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasi oldidagi namoyishchilar
AP Photo

Iroq Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchisidan mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Qaror Stokgolmda Qur’onni yoqish rejalariga qarshi yuzlab odamlar Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirib, uni yoqib yuborganidan so‘ng qabul qilindi. Iroq Shvetsiyaga Qur’on yana yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzish bilan tahdid qildi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi barcha elchixona xodimlari xavfsizligini ta’kidlab, hujumni qoralab, Iroq rasmiylari diplomatik missiyalarni himoya qilishi zarurligini bildirdi. Iroq Tashqi ishlar vazirligi ham hujumni keskin qoraladi.

Iroq hukumati vakolatli xavfsizlik organlariga voqea holatlarini va ushbu harakatning aybdorlarini aniqlash va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan tergov o‘tkazish, zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishni topshirdi”, — deyiladi TIV bayonotida.

Biroq Iroq hukumatining yangi bayonotida agar Qur’on ikkinchi marta yoqib yuborilsa, Shvetsiya bilan diplomatik aloqalar uzilishi ta’kidlanadi.

Iroq hukumati Shvetsiya hukumatini diplomatik kanallar orqali shved tuprog‘ida Qur’oni Karimning yoqib yuborilishi bilan bog‘liq hodisaning har qanday takrorlanishi diplomatik munosabatlarni uzishni talab etishi haqida xabardor qildi”, — deyiladi bayonotda.

28 iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Bag‘dod Qur’onning yoqilishini qoralab, “salbiy” oqibatlaridan ogohlantirdi va bu aksiyaning “so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini” ta’kidladi. Turkiya hodisani “islomga qarshi harakat” deb atadi, Marokash esa o‘z elchisini mamlakatdan chaqirib olishga qaror qildi. “Tolibon” Qur’on yoqilishiga javoban Shvetsiyaning Afg‘onistondagi muassasalari faoliyatini taqiqladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq Shvetsiya elchisini mamlakatdan haydadi
ePN