23:11 / 20.07.2023
1 204

Belarusda chegarachilar va “vagnerchi”lar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi

Belarusda chegarachilar va “vagnerchi”lar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi

Foto: Smartpress

Belarusning Gomel viloyatida mahalliy chegarachilar va Rossiyadan deportatsiya qilingan “Vagner” jangarilari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Ukraina Milliy qarshilik markazi xabar berdi.

Gostomel viloyatining Narovlya shahrida “Vagner”ning frontning oldi chizig‘ida jang qilgan guruhlarini joylashtirish ishlari boshlangan.

'Vagnerchi'lar 19 iyul kuni Ukraina bilan chegaraga yaqin joylashgan Dyatlik qishlog‘i yaqinida razvedka amaliyotini (hududni o‘rganish) o‘tkazgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, aynan shu vaqt yollanma askarlar va Belarus chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin chegarachilar orqaga chekingan va “vagnerchi”larga xalaqit bermagan.

Prigojin Belarusda “vagnerchi”larga murojaat qildi

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin 19 iyul kuni Belarusga kelgan yollanma askarlarga murojaat qilgandi. U frontdagi voqealarni sharmandalik deb ta’kidlagan.

Hozir frontda sodir bo‘layotgan voqealar sharmandalik, unda ishtirok etishimiz shart emas. O‘zimizni to‘liq isbotlay oladigan vaqtni kuting. Shuning uchun Belarusda bir muddat bo‘lishga qaror qilindi”, — degan u.

Shuningdek, Prigojin “Vagner” Belarus armiyasini “dunyoning ikkinchi armiyasiga aylantirishi, agar kerak bo‘lsa, ularni himoya qilishini bildirgan. U yollanma askarlardan belaruslar ularni “nafaqat qahramonlar, balki aka-uka” sifatida ham kutib olishganiga e’tibor qaratishni so‘ragandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda chegarachilar va “vagnerchi”lar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi
ePN