09:49 / 21.07.2023
228

Rossiyada maktab o‘quvchisi Simonyan va Sobchak ishi bo‘yicha hibsga olindi

Rossiyada maktab o‘quvchisi Simonyan va Sobchak ishi bo‘yicha hibsga olindi

Foto: Shutterstock

20 iyul, payshanba kuni Moskvaning Basmanniy sudi RT bosh muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobchakka rejalashtirilgan «suiqasd» ishi bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchini hibsga oldi. TASS sud vakillariga tayanib aniqlik kiritishicha, gap bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilikda ayblanib hibsga olingan voyaga yetmagan shaxs haqida ketmoqda (Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi). U 14 sentyabrgacha hibsda qoladi.

«Mediazona» nashri sud qaroriga tayanib, hibsga olingan shaxs Moskva maktablaridan birining 10-sinf o‘quvchisi Artem R. ekani, u 17 iyul kuni qo‘lga olinganini yozdi. U va yana yetti kishi «osiyo millatiga mansub kishilarni bezorilik niyatida kaltaklaganlikda» ayblanmoqda.

«Mediazona» xabariga ko‘ra, himoyachi o‘quvchini tergov izolatoriga jo‘natmaslikni so‘ragan, chunki u ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan buvisiga qaragan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyor. Biroq, sudning fikricha, yigit ozodlikda «jinoyatda noma’lum sheriklar bilan aloqada bo‘lishi», dalillarni soxtalashtirishi yoki yashirinishi mumkin.

15 iyul kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «Margarita Simonyan va Kseniya Sobchakka suiqasd uyushtirish»ning oldini olgani haqida xabar berdi. Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikni «Simonyan va Sobchakning ish va yashash manzillarida razvedka olib borgan «Paragraf-88» guruhining neonatsistlari» tayyorlagan.

Shu kuni Moskva Basmanniy sudi yetti nafar gumonlanuvchini hibsga oldi. Ulardan to‘rt nafari voyaga yetmaganlar, deya ma’lum qildi sud. Shu bilan birga, press-relizda yoshlar Simonyan va Sobchakka «suiqasd uyushtirish»ga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq holda qo‘lga olingani eslatilmagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar «milliy nafratdan kelib chiqqan holda bezorilik niyatida, uyushgan guruh tarkibida chet el fuqarolariga o‘ziga xos beadablik bilan hujum qilgan».

RT kanali o‘zini «Paragraf-88» guruhi asoschisi deb atagan 18 yoshli Mixail Balashovning so‘roqqa tutilgan videosini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u va do‘stlari «slavyan bo‘lmagan ko‘rinishdagi shaxslarga» hujum qilgan, shundan so‘ng u bilan «Ukraina maxsus xizmatlari bog‘langan».

«Avvaliga bizga rele shkaflarini yoqishni taklif qilishdi. Keyinroq Margarita Simonyan va Kseniya Sobchakni buyurtma asosida o‘ldirish taklif etildi. Men Margarita Simonyanning yashash joyini ko‘zdan kechirdim, buning uchun pul oldim. Shundan so‘ng kurator bilan bog‘landim, u menga Kalashnikov avtomati va pul qoldirishi kerak edi. Qurol joylashgan joyga kelganimda maxsus xizmat xodimlari tomonidan ushlandim», - deydi Balashov videoda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada maktab o‘quvchisi Simonyan va Sobchak ishi bo‘yicha hibsga olindi
ePN