19:30 / 21.07.2023
235

Singapurda kabutarlarni muntazam boqib yurgan erkak 3600 dollar jarimaga tortildi

Foto: Google Images 

Singapur sudi kabutarlarni muntazam boqib yurgan erkakni 3600 dollar jarimaga tortdi. Gap shundaki, bu mamlakatda kabutarlarga yemish berish qonun bilan taqiqlangan.

67 yoshli qoidabuzar birinchi marta 2022-yil avgustida Singapur ko‘chalarida kabutarlarga ozuqa bergan. O‘shandan beri u 16 marta “jinoyat” ustida ushlangan.

Odatda Singapurda bunday harakatlar 500 Singapur dollarigacha (taxminan 370 AQSH dollari) jarimaga tortiladi. Ammo bu safar qo‘lga olingan erkak muntazam kabutarlarni boqib yurgani uchun jarima miqdori kattaroq bo‘ldi.

Kabutarlarga yemish berishning taqiqlanishi tozalik va gigiyena nuqtayi nazaridan joriy etilgan.

Singapur uchun kabutarlar haqiqiy “falokat”dir. Ular atrof-muhitni ifloslantiradi, kasallik tarqatadi, ulardan qolib ketgan non va guruchlar kalamush va boshqa zararkunandalarni o‘ziga tortadi. Mahalliy aholining aytishicha, hatto ko‘chada kiyimlarni quritib bo‘lmaydi.

Ogohlantiruvchi bannerlarga qaramay, ba’zi odamlar hali ham kabutarlarni boqishda davom etmoqdalar, shuning uchun kabutarlar keltirayotgan zarar yillar davomida kamaymayapti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapurda kabutarlarni muntazam boqib yurgan erkak 3600 dollar jarimaga tortildi
ePN