Istanbuldagi portlashda jasorat ko‘rsatgan polisiyachiga oid video tarqaldi

Polisiya ofiseri bir necha o‘n kishini jangarining qurboni bo‘lishdan saqlab qoldi.
Avval xabar berganimizdek, 28 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk aeroportida amalga oshirilgan terakt 41 kishining umriga zomin bo‘ldi, 239 kishiga jarohat etkazdi. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning bir qismi xorijiy davlat fuqarolaridir. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor edi.
“Dailysabah” nashri aeroport terminalida jangarilardan birining odamlar ortida quvlab ketayotgan paytda, polisiya ofiseri tomonidan uni to‘xtatib qolingani tasvirlangan videoni namoyish etdi. Yashin Duran ismli polisiya xodimi terrorchiga qarata o‘q uzib, uni yaralagani videoda aks etgan. Xabarda yozilishicha, Duran bu voqeadan oldin xudkush – terrorchi o‘zini portlatishi natijasida yaralangan bo‘lgan.
Qo‘poruvchilik yuzasidan hech qaysi terrorchi guruh javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan bo‘lsada, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim terakt ortida IShID turganini ma’lum qildi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing