13:15 / 22.07.2023
505

Putinning so‘zlaridan keyin Rossiya elchisi Polsha TIVga chaqiriladi

Putinning so‘zlaridan keyin Rossiya elchisi Polsha TIVga chaqiriladi

Foto: Wikimapia
Polsha Vladimir Putinning so‘zlaridan keyin Rossiya elchisini TIVga chaqiradi, deb yozdi Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Twitter'da.

«Stalin yuz minglab polyaklarning o‘limi uchun javobgar bo‘lgan harbiy jinoyatchi edi. Tarixiy haqiqat shubha ostiga qo‘yilishi mumkin emas», - deya qo‘shimcha qildi Moravetskiy Rossiya prezidentining bayonotlarini sharhlar ekan.

21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Putin Polsha «Belarus va Ukraina yerlari haqida orzu qilishini», Rossiya esa Belarusga qilingan hujumni o‘ziga qarshi tajovuz sifatida ko‘rishini aytdi.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Polshaning g‘arbiy hududlarini «Stalin sovg‘asi» deb atadi va «bu haqda Varshavadagi do‘stlarga eslatib qo‘yishga» va’da berdi – u nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.

Putinning bayonotlari Belarus Mudofaa vazirligi tomonidan Polsha chegarasidan 30 kilometr uzoqlikda «Vagner» XHK bilan e’lon qilingan qo‘shma mashg‘ulotlar fonida aytilgan.

Varshava Belarusda «vagnerchilar» borligi munosabati bilan sharqiy chegaraga qo‘shimcha qo‘shin o‘tkazishini e’lon qildi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Polshani Germaniya va NATOning sharqiy chegaralarini himoya qilishga tayyorligiga ishontirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning so‘zlaridan keyin Rossiya elchisi Polsha TIVga chaqiriladi
ePN