22:22 / 22.07.2023
72

Rossiyada maktab o‘quvchilariga dronlardan jangovar foydalanish asoslari o‘rgatiladi

Rossiyada maktab o‘quvchilariga dronlardan jangovar foydalanish asoslari o‘rgatiladi

Foto: Shutterstock

Rossiyada 1 sentyabrdan maktab o‘quvchilari dronlardan jangovar foydalanish asoslarini o‘rgana boshlaydi. Mashg‘ulotlar dastlabki harbiy tayyorgarlik kursi doirasida o‘tkaziladi, dedi 21 iyul, juma kuni RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida Federatsiyalar kengashi huzuridagi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Artem Sheykin.

Sheykinning so‘zlariga ko‘ra, tegishli taklif «Federatsiyalar kengashi huzuridagi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha kengash bo‘limida ishlab chiqilgan va Rossiya mudofaa vaziriga yuborilgan». «Taklif ko‘rib chiqildi va qo‘llab-quvvatlandi, jumladan, Ta’lim vazirligi tomonidan ham», - dedi u.

Senator RIA «Novosti» agentligiga taqdim etgan Rossiya Mudofaa vazirligining javobida aytilishicha, dastur «dron turlari, maqsadi, ishlash xususiyatlari va umumiy tuzilishini o‘rganish, hududni razvedka qilish va dushman dronlariga qarshi kurashish usullarini» ko‘zda tutadi.

«Dastur Rossiya Ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va joriy yilning sentyabr oyidan boshlab «Avangard» yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ta’lim tashkilotlari va o‘quv-metodik markazlarida joriy etilishi rejalashtirilgan», — deyiladi hujjatda.

Aprel oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin maktablarda dronlarni boshqarish kurslarini joriy etishga chaqirdi. Iyun oyi boshida «Vajnie istorii» nashri Rossiya maktablari bolalarga dronlarni qanday boshqarishni o‘rgatish uchun o‘quv dronlari va boshqa jihozlarni xarid qila boshlagani haqida yozgan edi. Davlat xaridlari veb-saytida nashr Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Yoqutiston va Saxalinsk maktablaridan bunday jihozlarni sotib olish uchun arizalar topshirilganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab Rossiya maktablarida «Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari» («OBJ») kursi boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Avvalroq 10-11-sinf o‘quvchilari Kalashnikov avtomatidan o‘q otish qoidalari, qo‘l granatalarining ishlashi va jangda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganishi haqida xabar berilgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada maktab o‘quvchilariga dronlardan jangovar foydalanish asoslari o‘rgatiladi
ePN