10:20 / 24.07.2023
77

Hindistonda 26 kishi ko‘chki oqibatida halok bo‘ldi

Hindistonda 26 kishi ko‘chki oqibatida halok bo‘ldi

Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatining Irshalvadi qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki 26 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda The Times of India gazetasi mahalliy hokimiyat organlariga asoslanib xabar bermoqda. Yana 82 kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan.

22 iyul kuni uch ayol va bir erkakning jasadi topildi, deydi tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlari vakili.

Qishloq sayyohlar uchun mashhur joy, bu yerda maxsus texnikalar yordamida ishlash ilojsiz. Qutqaruvchilar qo‘lda ishlashga majbur.

Ko‘chki 20 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 225 kishi istiqomat qiladigan qishloqda joylashgan 48 ta uydan 17 tasi vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 26 kishi ko‘chki oqibatida halok bo‘ldi
ePN