14:30 / 25.07.2023
417

Ukraina mudofaa vaziri qarshi hujum qanday ketayotganini ma’lum qildi

Ukraina mudofaa vaziri qarshi hujum qanday ketayotganini ma’lum qildi

Foto: CNN

Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi grafikdan ortda qolayotganini, ammo bu uni bezovta qilmasligi, chunki hammasi reja bo‘yicha ketayotganini aytdi.

Vazir qarshi hujumlarning barchasi “tezkor bo‘lishi kerak” degan yanglish fikr borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum sekin bormoqda, chunki “havo hujumidan mudofaa muammosi” bor, front oldi chizig‘i esa yuzlab kilometrga cho‘zilgan.

“Raqiblarimiz soni ko‘p. Shunday ekan bu kompyuter o‘yini emas, urush”, — dedi vazir intervyuda.

Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina janubidagi vaziyat, asosan, Rossiya minalagan maydonlar tufayli sekinlashgan, ularni buzib o‘tish qiyin. Ukraina harbiylari minalangan maydonlar bo‘ylab xavfsiz yo‘llar qurishi kerak, dedi vazir.

Reznikov anneksiya qilingan Qrimga va Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan dronlar hujumiga ham izoh berdi. Uning bildirishicha, Kiyev bunday hujumlarni davom ettiradi.

“Bu nishonlarning barchasi rasmiy, chunki ularga zarba berish ruslarning bizga qarshi kurash qobiliyatini pasaytiradi va ukrainaliklarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi”, — dedi Reznikov Qrimga so‘nggi dron hujumlariga ishora qilib.

Jurnalistning Ukraina Qrim ko‘prigini butunlay ishdan chiqarishni maqsad qilganmi, degan savoliga Reznikov shunday javob berdi:

“Dushmanning o‘q-dorilar, yonilg‘i, oziq-ovqat oladigan logistika yo‘llarini buzish — odatiy taktika. Shuning uchun ularga qarshi ushbu taktikani ishlatamiz”.

Reznikov o‘sha intervyusida NATOning navbatdagi sammitiga qadar: 2024 yil iyulgacha Rossiya—Ukraina urushi Kiyevning g‘alabasi bilan yakunlanishini, shundan so‘ng mamlakat alyansga taklif olishini prognoz qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina mudofaa vaziri qarshi hujum qanday ketayotganini ma’lum qildi
ePN