16:30 / 25.07.2023
145

Patrushev AQSHni «Ukraina bayrog‘i ostida» kiberhujumlar tayyorlashda aybladi

Patrushev AQSHni «Ukraina bayrog‘i ostida» kiberhujumlar tayyorlashda aybladi

Foto: simplilearn
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev AQSHni Rossiyaning muhim axborot infratuzilmasiga «Ukraina bayrog‘i ostida» kiberhujumlar tayyorlashda aybladi.

«Ukraina hakerlik guruhlari Amerika maxsus xizmatlarining bunday hujumlarida faol ishtirok etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Patrushev Janubiy Afrikada BRIKS a’zolari va yana yettita «beshlik do‘stlari» davlatlari hamkasblari bilan bo‘lgan uchrashuvda, deb yozadi TASS.

«Katta yettilik» davlatlari Ukrainaning uzoq muddatli xavfsizligini ta’minlash uchun keng qamrovli choralar ko‘radi. Bu NATOning Vilnyusdagi sammitining yakuniy kuni – 12 iyul kuni e’lon qilingan «Katta yettilik» bayonotida aytilgandi.

«Katta yettilik» davlatlari Ukraina uchun «xavfsizlik sohasida aniq, ikki tomonlama va uzoq muddatli majburiyatlar va kelishuvlar» ishlab chiqish niyatida», deyiladi hujjatda. Bu yordam, xususan, quruqlikda, havoda va dengizda zamonaviy harbiy texnika yetkazib berish, Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining malakasini oshirish, razvedka ma’lumotlarini uzatish va kiberhujumlardan himoya qilishni o‘z ichiga oladi.

Hujjatda aytilishicha, havo hujumidan mudofaa, artilleriya, uzoq masofaga uchuvchi qurollar, zirhli transport vositalari va boshqa muhim imkoniyatlar, masalan, havo jangi vositalariga ustunlik berish kerak. Shu bilan birga, G7 davlatlari Ukrainani mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlash niyatida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Patrushev AQSHni «Ukraina bayrog‘i ostida» kiberhujumlar tayyorlashda aybladi
ePN