17:00 / 25.07.2023
199

Rossiyada zaxirada bo‘lish uchun yosh chegarasi 5 yilga oshirildi

Rossiyada zaxirada bo‘lish uchun yosh chegarasi 5 yilga oshirildi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin zaxirada bo‘lish yoshini besh yilga oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat 24 iyul, dushanba kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

«Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, ular 2024 yil 1 yanvardan amal qiladi. Yosh chegarasining oshishi askarlar, matros, serjant, starshina, praporshchik va michman unvoniga ega bo‘lganlarga ta’sir qiladi. Birinchi toifaga kiruvchilar uchun yosh chegarasi 35 yoshdan 40 yoshgacha, ikkinchisi uchun 45 yoshdan 50 yoshgacha, uchinchisi uchun 50 yoshdan 55 yoshgacha oshirildi.

Katta ofitserlar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervida bo‘lishning yosh chegarasi 60 yoshdan 65 yoshgacha, kichik ofitserlar uchun 55 yoshdan 60 yoshga ko‘tarildi. Oliy ofitserlar (generallar) uchun yosh chegarasi o‘zgartirilmadi, u 70 yosh darajasida qoldi.

O‘zgartirishlar, shuningdek, Mudofaa vazirligi bilan birinchi shartnoma tuzish uchun yosh chegarasini oshiradi. Hozir u katta ofitserlar uchun - 52 yosh, kichik ofitserlar uchun - 47 yosh. Yangi qoidalarga ko‘ra, idora bilan birinchi shartnomani mos ravishda 62 va 57 yoshda tuzish mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada zaxirada bo‘lish uchun yosh chegarasi 5 yilga oshirildi
ePN