14:37 / 26.07.2023
159

Qozog‘istonda vazir aholidan internetni tejashni so‘radi

Foto: “inform.kz”

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin aholidan internetni tejashni so‘radi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, respublikada internet juda ko‘p ishlatiladi, shuning uchun aloqa sifatini yaxshilash maqsadida odamlar trafikni tejashi kerak. Qozog‘istonliklar internet sifatining yomonlashuvi fonida uyali aloqa tariflari narxi oshishidan shikoyat qilmoqda. Vazir bu abonentlar sonining o‘sishi bilan bog‘liqligini aytdi.

Bundan tashqari, Bagdat Musin mobil internet suv va elektr energiyasi kabi tugaydigan resurs ekanini, uni ham himoya qilish zarurligini ta’kidladi.

“Qozog‘istonliklar 15-20 gigabayt axborot iste’mol qilishga o‘rganib qolgan, rivojlangan davlatlar esa 9,9 gigabayt. Keling, tejaymiz. Mobil internet qimmat ekanini tushunaylik. Uyga kelganingizda, Wi-Fi’ga ulanishingiz kerak. Iqtisodiy madaniyat bo‘lishi kerak”, — dedi Bagdat Musin.

Shu bilan birga, uyali aloqa tariflarining oshishi haqida Musin infratuzilmani yaxshilash uchun operatorlarga qo‘shimcha sarmoya kerak, dedi. Shu uchun ham operatorlar abonentlar uchun xarajatlarni oshirishini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda vazir aholidan internetni tejashni so‘radi
ePN