"Roselektronika" xoldingi mini-dronlarni aniqlash va bostirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi kompleks yaratmoqda, dedi RIA Novostiga “Ribinsk priborsozlik zavodi” bosh direktori Andrey Komogorsev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, majmua radarlari kichik fuqarolik kopterlari kabi eng murakkab uchar obyektlarni aniqlay oladi.
Mini-dronlar, jumladan, harbiy maqsadlar uchun moslashtirilgan fuqarolik uchuvchisiz qurilmalar ham bugungi kunda jang maydonida va terrorchilik hujumlarida foydalanish imkoniyati jihatidan jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday dronlar oddiy granatalarni, zirhli transport vositalarini yo‘q qilish uchun kumulyativ snaryadlar kallaklarini olib yurishi mumkin. Bundan tashqari, mini-dronlar razvedka va artilleriya otishmalarida nishonlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, korxona biroz oldin kichik aylanuvchi himoya vositasi ishlab chiqqan edi. Og‘irligi 25 kilogrammdan oshmaydigan portativ ko‘p funksiyali radar muhim infratuzilmani obyektlarini, jumladan, dengizda ham, dronlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!