13:23 / 29.07.2023
317

Jo Bayden birinchi marta nabirasini tan oldi

Jo Bayden birinchi marta nabirasini tan oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden birinchi marta o‘zining yettinchi nabirasi, o‘g‘li Xanterning 2018 yilda tug‘ilgan to‘rt yoshli qizini omma oldida tan oldi.

To‘rt yoshli Nevi AQSH prezidentining nabirasi ekani qizchaning onasi Lunden Roberts aliment undirish uchun sudga ariza topshirganidan keyin ma’lum bo‘ldi.

«O‘g‘lim Xanter va Lunden qizlarining manfaatlariga mos keladigan munosabatlarni rivojlantirish uchun birgalikda harakat qilishmoqda», dedi Bayden People jurnali tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

Roberts aliment talab qilganidan keyin Xanter Baydenning otaligi DNK testi orqali aniqlangan. Prezidentning o‘g‘li Roberts bilan uchrashuvi haqida 2021 yilgi xotiralarida yozgan va bu uning spirtli ichimliklar hamda giyohvand moddalarga qattiq qaram bo‘lganida sodir bo‘lganini aytgan.

Prezident Bayden avvalroq nevarasini tan olmagani uchun siyosiy raqiblar va ekspertlar tomonidan tanqidlarga duch kelgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden birinchi marta nabirasini tan oldi
ePN