Hindistonlik er-xotin iPhone 14 olish uchun o‘z chaqalog‘ini sotib yubordi

Dunyo1 daqiqa o'qish199
Hindistonlik er-xotin iPhone 14 olish uchun o‘z chaqalog‘ini sotib yubordi

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yashovchi er-xotin iPhone 14 sotib olish uchun o‘z farzandini sotib yubordi. Bu haqda Times of India'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Er-xotin Instagram videoroliklarini yaratish maqsadida eng yangi gadjetni olish uchun o‘z farzandini sotgan.

Qayd qilinishicha, 8 oylik chaqaloqning yo‘qolib qolganini, ammo ota-onasi bundan qayg‘uda emasligini qo‘shnilar payqab qolishgan. Bundan tashqari, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan oilada narxi kamida million rupiy bo‘lgan qimmatbaho telefonning paydo bo‘lishi ham qo‘shnilarda shubha uyg‘otgan.

Dastlabki tergovda ona haqiqatan ham iPhone sotib olish maqsadida o‘z farzandini sotganini tan olgan. Hayratlanarlisi shundaki, oila sakkiz oylik chaqaloqni sotishdan oldin, yetti yoshli qizini ham sotishga uringan.

Mahalliy politsiya Sati ismli onani hibsga olgan. Biroq Jaidev Gosh ismli ota qochishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir u qidiruvda. Politsiya er-xotinga nisbatan jinoiy ish ochgani aytilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?