Bangladeshda terrorchilik harakati amalga oshirildi

O‘tgan kecha qurollangan bosqinchilar Dakka shahridagi sayyohlar orasida ancha mashhur bo‘lgan restoranga hujum uyushtirishdi
20 kishi nobud bo‘lgan. Xabar qilinishicha halok bo‘lganlarning aksariyati italiyaliklar. Shuningdek qurbonlar orasida Yaponiya, Hindiston hamda Janubiy Koreya fuqorolari ham bor. Terakt javobgariligini bu gal ham IShID o‘z bo‘yniga oldi, deya xabar beradi NTV.
Guvoh ko‘rsatmasi: "Biz o‘q ovozlarini eshitdik. Tashqariga qaraganimizda qurollangan kishilar yurgandi. Ular avvaliga havoga qarata o‘q uzishdi. Keyin restoranga bostirib kirishdi. Otishuv tinmasdi, hamma mijozlarimiz stol tagiga berkinib olishdi".
Asirlikka olinganlar oni 20 dan oshiq bo‘lgan. Ularning asosiy qismini italiyaliklar va yaponiyaliklar tashkil etadi. Bangladesh hukumati terrorchilar bilan kelisha bo‘lmasligini bilgach binoga hujum qilishga majbur bo‘lishdi. Shu yo‘l bilan qolgan asirlarni tirik holatda qutqarib olishdi.
Xabarlarga ko‘ra halok bo‘lgan asirlar sovuq qurol bilan o‘ta shafqatsiz usulda o‘ldirilgan. Hozirda jasadlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing