Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga keldi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.

Aeroportda davlat rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga keldi

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar