
Qozog‘istondagi Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman idorasi jinoiy qonunchilikka kelin o‘g‘irlashning oldini olishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi.
Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikdan “jabrlanuvchi ixtiyoriy ravishda ozod etilgan taqdirda qonunbuzarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish” haqidagi eslatmani chiqarib tashlash taklif etildi.
Bayonotda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari tajribasi keltirilib, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonning jinoiy qonunchiligida ayollarni majburiy nikohga olish maqsadida o‘g‘irlash to‘g‘risida alohida modda borligi ko‘rsatilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Qozog‘istonda, ayniqsa, janubiy viloyatlarda qizlarni turmush qurish maqsadida o‘g‘irlash amaliyoti hamon keng tarqalgan.
Ba’zi hollarda bunday harakatlar jinsiy daxlsizlik, kamsitish, noqonuniy ushlab turish va hatto o‘z joniga qasd qilishga olib keladi.
Odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, Qozog‘istonda 2019-yildan hozirgi kunga qadar ushbu toifadagi 214 ta jinoyat qayd etilgan. Shu bilan birga, qizlarning turmush qurish maqsadida o‘g‘irlanishi bo‘yicha ishonchli statistik ma’lumotlar yo‘q, chunki Jinoyat kodeksida bunday jinoyatning alohida tarkibi mavjud emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!