date
views 1 590

Afg‘oniston Qozog‘istonga iltimos bilan murojaat qildi

Foto: Qozog‘iston hukumati veb-sayti

Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Alhaji Nuruddin Aziziy Qozog‘istondan import qilinadigan bug‘doy va unga chegirma berishni so‘radi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Ostonada bo‘lib o‘tgan biznes-forumda so‘zga chiqqan Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri qisqa vaqt ichida o‘nlab mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarilishi evaziga mamlakat o‘zini o‘zi to‘liq taʼminlashga erishganini aytdi.

“Biz Qozog‘istondan Afg‘onistonning mahalliy sanoatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida eksport qilinadigan afg‘on tovarlariga imtiyozli tarif qo‘llashni so‘raymiz. Shuningdek, Afg‘oniston aholisi va xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sizdan bug‘doy va un narxiga maxsus chegirmalar berishingizni so‘raymiz”, — degan vazir.

Qozog‘iston va Afg‘oniston ishbilarmonlari o‘rtasida 190,8 million dollarlik 15 ta shartnoma imzolangan. Qozog‘iston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, un va o‘simlik yog‘i yetkazib beradi. Afg‘oniston Qozog‘iston o‘simlik yog‘ini import qiluvchi beshta yirik davlatdan biri. Imzolangan shartnomalarning 9 tasi yog‘ yetkazib berishga aloqador.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston Qozog‘istonga iltimos bilan murojaat qildi