date
views 853

Dubaylik millionerning rafiqasi hashamatdan charchab, o‘z hayotining “minus”lari haqida so‘zlab berdi

Dubaylik millionerning rafiqasi hashamatdan charchab, o‘z hayotining “minus”lari haqida so‘zlab berdi

Dubaylik millionerning rafiqasi ijtimoiy tarmoqlarga hashamatli hayot tarzi haqidagi videolarni joylab boradi va bu hayotdan charchagani haqida so‘zlab beradi. Uning bunday hayotning qiyinchiliklari haqida yoritilgan so‘nggi postlari keng muhokama qilindi.

Foto: AdMe 

23 yoshli Linda Andradening boshiga haqiqiy baxt qushi qo‘ndi. U arab “shahzodasi”ga turmushga chiqdi va ertakdagi Jasminga qaraganda yaxshiroq yashay boshladi. Garchi juftlik yaqinda boylikka erishgan bo‘lsa-da, hozirda ko‘pchilik ularning hashamatli hayotini orzu qiladi.

Foto: AdMe 

Linda o‘z hayotini ijtimoiy tarmoqlarda faol yoritib boradi. Masalan, u videolardan birida kuniga 16 000 dollar sarflashi mumkinligini aytib o‘tgan.

Foto: AdMe 

Bunday provokatsion videolar Linda obunachilarining kuchli reaksiyasiga sabab bo‘ladi. Ba’zilar bularning barchasi hashamatli hayotni ko‘rsatish deb baholaydi, ba’zilar salbiy izohlar bildiradi, boshqalar esa uning hayotiga chin dildan qoyil qoladi.

Foto: AdMe 
Foto: AdMe 
Foto: AdMe 

Biroq bitta video tomoshabinlarni hayratda qoldirdi. Unda qiz millionerning rafiqasi hayotidagi qiyinchiliklarni bo‘lishdi.

Foto: AdMe 

Linda uni o‘g‘irlab ketishlaridan qo‘rqishini, bundan tashqari, u yo‘lda obunachilarga sayohat qilishdan va juda ko‘p sovg‘alardan charchagani haqida so‘zlab bergan.

Boshqa shikoyatlar qatorida Linda turmush o‘rtog‘ining haddan tashqari ish bilan bandligini va boshqa ayollar unga ko‘p e’tibor qaratishini aytgan.

Foto: AdMe 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday hayot haqidagi shikoyatlarga turli xil munosabat bildirgan.

“Agar sizga bularning barchasidan dam olish kerak bo‘lsa, men hech ikkilanmasdan siz bilan hayotimni almashtiraman”;

“U sizga juda ko‘p narsa sotib olib beradimi? Men bilan baham ko‘ring”;

“Bunday hashamatli hayotda yashash qiyin bo‘lsa kerak”;

“Siz hali ham shikoyat qilyapsizmi? Ehtimol, sizda hech qachon birovning o‘rnida bo‘lish imkoniyati bo‘lmagandir. Siz minnatdor va kamtar bo‘lishingiz kerak”, — deb fikr bildirgan ayrim foydalanuvchilar.

Biroq Lindaning bunday hayotiga umuman hasad qilmaydiganlar ham bor edi.

“Men hech qachon bunday hayot kechirmasdim, biroq sizda hammasi borligidan xursandman”;

“Menga eng yoqadigani — sayohat. Qolganlari men uchun ortiqchalik qiladi”;

“Balki, u shunchaki turmush o‘rtog‘ining sport kiyimida yonida o‘tirishini va uydagi divanda chips yeyishini xohlar”;

“Bu hayot men uchun emas. Men o‘z botqog‘imda ham baxtliman”;

“Ehtimol, uzoq muddat bunday yashash oson bo‘lmas. Ba’zan hashamatli hayotda yashash yaxshi, biroq doimiy emas”; — deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubaylik millionerning rafiqasi hashamatdan charchab, o‘z hayotining “minus”lari haqida so‘zlab berdi