Mixael Shumaxer o‘lim to‘shagida yotibdi

“Formula-1” musobaqalarining etti karra chempioni, afsonaviy germaniyalik poygachi Mixael Shumaxer bosh qismidan olgan og‘ir jarohatdan so‘ng, haligacha davolanmoqda, deb xabar berdi “Qalampir.uz” sayti. Vaziyat shunchalik og‘irki, u haqda batafsil ma’lumot berish mumkin emas, deydi sportchining menejeri Sabina Kem.
Shumaxer 2013 yilning dekabrida Fransiyaning Meribel kurortida tog‘ chang‘isida uchayotib, to‘satdan yiqilib ketdi va boshidan og‘ir jarohat oldi. Poygachi miyasining ikki yarimshariga qattiq shikast etdi va ichki qon ketish kuzatildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, u 2014 yilning sentyabridan buyon, o‘zining Shveysariyadagi villasida tiklanish muolajalaridan o‘tmoqda. Sportchi haqidagi ma’lumotlar juda kam.
“Albatta, Mixael avvalgidek biz bilan! U hayotni tark etishga shoshmayapti. Lekin vaziyat og‘irligi bois, sizga batafsil ma’lumot berolmayman, buni tushunishingiz kerak. Mixaelning oilasidagilar shaxsiy hayotlarining daxlsiz bo‘lishini xohlashadi”, deydi Kem.
Uning poygachi haqida ataylab ma’lumot bermasligining asosiy sababi, OAV tomonidan buning noto‘g‘ri talqin qilinishining oldini olishdir “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing